Qichima

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qichima, prurigo — badanga tariqdek mayda, uchi pufakchali, pushti rang yoki sogʻlom teri rangidagi toshmalar toshishi bilan kechadigan kasallik. Toshmalar qoʻl va oyoqlarning yoz-luvchi yuzalarida, dumbada paydo boʻlali. Irsiy omillar, baʼzi ovqat mahsulotlari, dori-darmonlarning organizmga allergik taʼsiri va boshqalar Q.ning rivojlanishiga sabab boʻladi. Bolalar va kattalarda uchraydigan hamda tugunchali Q. bor. Bolalar Q.sida balanning qattiq qichishib turishi bolaning uyqusi bilan ishtahasini buzadi, u injiq boʻlib qoladi. Badan(terisining qashlanib tirnalishi oqibatida ikkilamchi piodermiya qoʻshilishi mumkin; bunda kasallik surunkali davom etadi. Kattalar Q. sida goshmalar bel, qorin va boshqa sohalarga toshadi, ular qattiq qichishadi va bemor qashinganda pufakchalar yorilib, eroziyaga aylanadi. Undan ajralgan suyuqlik qotib, qizgʻish poʻstloqlar hosil boʻladi. Kasallik surunkali kechishi va qaytalanib turishi natijasida teri qalinlashib, unda qoram-tir dogʻlar yuzaga keladi, qashinganda tirnalgan joylar oqarib, chandiqlanadi. Koʻpincha kasallik ikkilamchi infeksiya bilan murakkablashadi, bunda bemorning umumiy ahvoli oʻzgarib, asabiy holat vujudga keladi. Bolalar Q.si koʻproq ekssudativ-kataral diatez bilan ogʻriydigan bolalarda (baʼzan, bolalikdan toshgan eshakem keyinchalik Q.ga aylanadi) kuzatilib, odatda, yuz va soch zararlanadi. Baʼzan keksalarda uchraydigan Q.da badanga hech narsa toshmaydi, faqat qashingʻan joyda tirnoq izlari qoladi. Q.da bemorning nerv sistemasi buziladi, uyqusi yoʻqoladi, terisi quruqshab, limfa tugunlari kattalashadi.

Davosi. Q.ni mutaxassis nrach davolaydi. Davo jarayonida bolalar, shuningdek, kattalar ovqatiga alohida eʼtibor berish lozim. Bolalarni qoʻshimcha ovqatlantirishda, albatta, vrach bilan maslahatlashib olish zarur. Ochiq havoda sayr qilish, yoz kunlari oftobda toblanish, dengizda choʻmilish tavsiya etiladi. Bola qattiq qashinmasligi uchun tirnogʻini bot-bot olib turish, terining yiringli kasalliklariga xos alomatlar paydo boʻlsa, albatta, vrachga koʻrinish kerak. Q.ning oldipi olish uchun parhez saqlash, shirinliklar, achchiq, shoʻr, dudlangan ovqatlar isteʼmol qilmagan maʼqul. Bemorga antigista-minlar, tinchlantiruvchi dorilar, parhez buyuriladi; Q.ga qarshi kortikosteroid mazlar surtiladi, sanatoriy va kurortlarda davolapish tavsiya etiladi.