Qazgʻoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qazgʻoq — boshning sochli qismida paydo boʻladigan mayda qipiklar (tangalar). Organizmda vitaminlar (xususan, A va V guruh vitaminlari) yetishmasligi, nerv sistemasi va meʼdaichak faoliyatining buzilishi, infeksion kasalliklar, sochni notoʻgʻri parvarish qilish va boshqalar sabab boʻladi. Yogʻli va yogʻsiz Q. farq qilinadi. Oddiy (yogʻsiz) Q.da yogʻ bezlari yaxshi ishlamaydi; boshda mayda, quruq, oq qipiq yigʻilib, toʻkilib turadi; bosh qattiq qichishadi; soch quruq, moʻrt, xira tortib, koʻp toʻkiladi. [[Sochni doim qaynoq suvda kirsovun bilan yuvish, botbot permanent qilish, kimyoviy usulda boʻyash, kun qizigʻida boshyalang yurish va boshqalar ham Q. koʻpayishiga sabab boʻlishi mumkin. Yogʻ bezlarining zoʻr berib ishlashi natijasida yogʻli Q. paydo boʻladi (qarang Seboreya). Boshdagi Q. yogʻli, sargʻimtir rangda boʻlib, teri va sochga yopishib qoladi. Q. paydo boʻlganda teri kasalligi mutaxassisi (dermatolog)ga uchrashish lozim. Servitamin ovqatlar yeyish, vaqtida uxlash va dam olish, sochni quruq yoki yogʻliligiga qarab parvarish qilish tavsiya etiladi (qarang [[Soch). Boshda koʻp va dagʻal Q. yigʻilishi ayrim kasalliklar (mas, ekzema, psoriaz) belgisi boʻlishi ham mumkin, shuning uchun Q. paydo boʻlganda darhol vrachga uchrashish va tegishli maslahatlar olish lozim.