Qayum nosiriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qayum nosiriy
Tavalludi 2 (14) fevral 1825
Vafoti 20 avgust (2-sentyabr) 1902
Ijod qilgan tillari Tatar tili va Rus tili
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi

Qayum nosiriy (taxallusi; asl ism-sharifi Gʻabdulqayum Gʻabdennosirovich Nosirov) [1825.2(14). 2, hozirgi Tataristonning Zelenodolsk tumani — 1902.20.8(2.9), Qozon] - tatar yozuvchisi, olim va maʼrifatparvar. 1841 — 55 yillarda Qozon madrasasida taʼlim olgan. 1855-yildan rus ruhoniylari bilim yurtida tatar tilidan dars bergan. Qozon untida erkin tinglovchi. 1871—76 yillarda Qozonda 1rustatar maktabini ochib, unda oʻqituvchilik qilgan. "Sintaksis" va bolalar uchun tabiat hodisalari haqidagi "Boʻsh vaqglarda" asarlari 1860-yil yozilgan. Tatar tilining ilmiy grammatikasini, toʻgʻri yozish qoidalari, matematika, geogr., tarix va boshqalar boʻyicha darsliklar tuzgan va nashr ettirgan. "Qozon tatarlarining eʼtiqodi va urfodatlari..." (1880), "Qozon tatarlarining xalq adabiyoti namunalari" (1896), "Qozon tatarlari ertaklarini boshqa xalqlar ertaklari bilan solishtirish" (1900) kitoblari nashr etilgan. "Tatarcha—ruscha lugʻati"ni tuzgan. Q.N. ning maʼrifatparvarlik gʻoyalari va nasriy asarlari tatar adabiyotining shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan.