Qattiq qotishmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qattiq qotishmalar — yuqori (1000° dan yuqori) tragacha qizdirilganda oʻz qattiqligi, mustahkamligi, kesish va boshqalar xossalarini saqlab qoladigan materiallar. Nihoyatda qattiq, issiqbardosh, otashbardosh, yeyilishga chidamli xillarga boʻlinadi. Qattiq qotishmalarning metallokeramik, mineralokeramik va quyma guruhlari bor.

Metallokeramik Qattiq qotishmalar, asosan, bir yoki bir necha karbiddan — volfram, titan, tantal karbidlari va boshqalardan iborat; bogʻlovchi komponent sifatida, odatda, kobaltdan, kamdankam hollarda nikel, uning molibden, poʻlat bilan qotishmasidan foydalaniladi. Metallokeramik Qattiq qotishmalar presslab va qizdirib qovushtirib, turli shaklli va har xil oʻlchamli plastinkalar tarzida tayyorlanadi. Ulardan metall va qotishmalarni kesib ishlash, bosim bilan ishlash (sim kiryalash, shtamplash, kalibrlash va boshqalar), burgʻilash ishlari va boshqalarda foydalaniladi.

Mineralokeramik Qattiq qotishmalar alyuminiy oksidli minerallarni presslash va. chamasi 1750°, trada qovushtirish yoʻli bilan tayyorlanadi va turli oʻlcham hamda shakldagi plastinalar tarzida boʻladi. Mineralokeramik Qattiq qotishmalarning qattiqligi Rokvell boʻyicha 93 ga yetadi (qarang Rokvell usuli), 1200° gacha qizdirilganda ham mexanik xossalarini yoʻqotmaydi; kesuvchi asboblar tayyorlashda ishlatiladi.

Quyma Q.Q., asosan, xrom, nikel, uglerod, volfram, temir va boshqalar elementlarni qoʻshib suyuqlantirish yoʻli bilan olinadi. Quyma Qattiq qotishmalarning sellit (VK2, VKZ), sormayt №1, sormayt №2 va boshqalar markazlari mavjud boʻlib, ular detal va asboblarning yeyilgan yuzalariga suyuqlantirib qoplash uchun ishlatiladi. Quyma Qattiq qotishmalar suyuqlantirib qoplangan yuzaning yeyilishga chidamliligi 2—4 baravar ortadi, qattiqligi esa Rokvell boʻyicha 40—50 birlikka yetadi.