Qatorlab ekish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qatorlab ekish — qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishning asosiy usuli. Bunda urugʻlar orasi bir xil kenglikdagi parallel qatorlar tarzida ekiladi. Qatorlab ekishning koʻpgina xillari: punktir, qator uyalab, qoʻsh qatorlab, shuningdek, har bir uyaga belgilangan yoki aniq miqdorda ekish usullari mavjud. Qatorlab ekishning aniq miqdorda urugʻ tashlab ekish usuli eng samarali hisoblanadi (urugʻlik sarfi 2—3 baravar kamayadi), yaganalashga hojat qolmaydi.

Qatorlab ekish ekin qator oralarini ishlashda, oʻgʻit solishda, oʻsuv davrida, sugʻorishda, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, shuningdek, hosilni yigʻib olishda qishloq xoʻjaligi texnikasidan keng foydalanishda qulaylik tugʻdiradi.