Qasr al-Bahiliy qamali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qasr al-Bahiliy qamali
Geophysical map of southern Central Asia (Khurasan and Transoxiana) with the major settlements and regions
Sanalar 720/721
Urush yeri Samarqand, Movarounnahr
Natija Arablarning g'alabasi, garnizonni evakuatsiya qilish[1]
Raqiblar
Umaviylar xalifaligi Turkash xoqonligi
Qoʻmondonlar
Aniq emas Kursul

Qasr al-Bahiliy qamali – Turkash xoqonligi qoʻshinlari tomonidan Samarqand yaqinidagi Qasr al-Bahiliyni qamal qilish. Milodiy 721 yoki 720-yillarda sodir boʻlgan. Turgashlarning asosiy qoʻshiniga 100 kishilik kichik arab garnizoni qarshilik koʻrsatdi. Umaviylarning Xuroson noibi tomonidan yuborilgan arab boʻlinmalari va al-Musayyab ar-Riyohiy qoʻmondonligi ostidagi mahalliy Eron ittifoqchilari qamalni olib tashlash, garnizon va tinch aholini xavfsiz joyga olib chiqishga muvaffaq boʻlishdi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

VII asr oʻrtalarida arablar Fors va Xurosonni bosib olganidan soʻng xalifa al-Volid I davrida (705–715) Umaviylar sarkardasi Qutayba ibn Muslim tomonidan Movarounnahr bosib olingan. 719-yilda mahalliy hukmdorlar xalifalikka qarshi xitoylar va ularning turgʻoz vassallaridan harbiy yordam soʻraydi[3].

Vaziyat arab hokimi Abdurrahmon ibn Nuaymning layoqatsizligi tufayli yanada keskinlashdi. Uning vorisi Said, 720-yilda bu lavozimni egallagan va unchalik yaxshi tajribaga ega emas edi. U viloyatni boshqarishda na tajribaga ega edi, na hududni yaxshi bilar edi. Urushlarga qarshi boʻlganligi uchun u „Xuhnjaina“ laqabini olgan. Keyinchalik Said qobiliyatli Shu’ab ibn Zuhayr an-Naxshaliyni Samarqandga noib qilib tayinlagan. Biroq mahalliy aholi oʻrtasidagi tartibsizliklardan soʻng u ishdan boʻshatilib, oʻrniga Usmon ibn Abdulloh ibn Mutarrif ibn ash-Shihir tayinlandi. Shotlandiya sharqshunosi Hamilton Gibbning fikricha, bu isyonchilarni tinchlantirish uchun qilingan behuda urinishlardan biri edi[4].

Arab maʼmuriyatining zaifligi va shahzodalarning murojaatlari turgʻoshlar hukmdori xoqon Sulukning arablarga qarshi hujum uyushtirishiga sabab boʻldi. Bagʻtarxon boshchiligida turgʻashlar Qasr al-Bahiliy ("Bahiliy qal’asi ") qal’asini oʻrab olishga muvaffaq boʻldilar, uning garnizoni, arab tarixchisi at-Tabariyning yozishicha, oilalari bilan bor-yoʻgʻi yuz nafar askardan iborat edi. Samarqanddan qoʻshimcha kuchlar oʻz vaqtida yetib kelmasligidan qoʻrqib, Qasr al-Bahiliy garnizoni Bogʻa Tarxonga 40 ming kumush dirham toʻlash evaziga sulh, shuningdek, oʻlpon toʻlangunga qadar 17 kishini garovga olish taklif qiladi.

720 yoki 721-yillarda Samarqanddagi garnizon boshligʻi ibn ash-Shixir turgʻoshlar hujumidan xabar topgach, Xurosonning arab aholi punktlaridan 4 ming kishilik koʻngillilar otryadini toʻplaydi, ammo at-Tabariyning yozishicha, qoʻmondon tayinlangan ar-Riyohiy ularni Turgʻash xoqoniga qarshi chiqishlari va shahid boʻlib halok boʻlishlari haqida ogohlantirgan, koʻngillilardan atigi 1300 kishi qolgan. Keyinchalik, ar-Riyohiy yoʻlning yarmini bosib oʻtib, oʻz soʻzlarini takrorlaydi, shuning uchun u bilan atigi 700 ga yaqin eng qatʼiy jangchilar qoldi. Arablar turgʻash qoʻshinini chalgʻitib Qasr al-Bahiliy qal’asidagi garnizonni qutqarishga muvaffaq boʻladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „List of Muslim conquest of Transoxiana“. www.aztekium.pl. Qaraldi: 30-sentabr 2023-yil.
  2. Hugh Kennedy. The Great Arab Conquests: How the Spread of Islam Changed the World We Live In. Da Capo Press, 2007 — 448 bet. 30-sentabr 2023-yilda qaraldi. 
  3. Khalid Yahya Blankinship. The End of the Jihâd State: The Reign of Hishām Ibn ʿAbd al-Malik and the Collapse of the Umayyads. SUNY Press, 1994 — 399 bet. 30-sentabr 2023-yilda qaraldi. 
  4. Abū Jaʿfar Muḥammad ibn Jarīr al-Ṭabarī. The History of al-Ṭabarī Vol. 24: The Empire in Transition: The Caliphates of Sulaymān, ʿUmar and Yazīd A.D. 715-724/A.H. 97-105. SUNY Press, 1989 — 218 bet. ISBN 978-0-7914-0072-2.