Qashqadaryo arxeologiktopografik ekspeditsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qashqadaryo arxeologiktopografik ekspeditsiyasi (QATE), Kesh arxeologiktopografik ekspeditsiyasi — Qashqadaryo vohasidagi tarixiyarxeologik yodgorliklarni oʻrganish, tarixiy davrlarni oʻrganish hamda arxeologik materiallar toʻplash maqsadida tashkil etilgan ilmiy ekspeditsiya (1963). QATEga 196386-yillar M.Ye. Masson, 1986—93 yillar Z.I.Usmonova, 1993—98 yillar A.S.Saʼdullayev va 1999-yildan R.X.Sulaymonov rahbarlik qilmoqda. QATE tomonidan hozirgacha Qashqadaryo vohasidagi 600 dan ortiq turli tarixiy davrlarga mansub yodgorliklar oʻrganilib chiqildi. Ular ichida Janubiy Sugʻdning yirik shahar markazlari (Uzunqir, Kitob, Shahrisabz, Naxshab, Nasaf, Qarshi), qadimiy oʻtroq dehqonchilik makonlari, qadimiy davr va oʻrta asr savdo yoʻllari, hunarmandchilik ustaxonalari, meʼmorlik yodgorliklari, mudofaa inshootlari va qoʻrgʻonlari (Oʻrta qoʻrgʻon, Yangiqoʻrgʻon, Chim mudofaa devori va boshqalar) bor. QATE faoliyati davomida ilk temir davridan 20-asr boshlarigacha boʻlgan katta tarixiy davr tarixi va arxeologiyasining dolzarb masalalari qamrab olindi.

.QATE tomonidan Qashqadaryo vohasida olib borilgan tarixiyarxeologik tadqiqotlar natijalari "Stolichnme goroda v nizovyax Kashkadari s drevneyshix vremyon", "Goroda yujnogo Sogda v VIII—XII vv.", "Oʻrta Osiyoning qadimgi davr va oʻrta asrlar arxeologiyasi" (toʻplam), "Qadimgi Oʻzbekiston ilk yozma manbalarda", "Qadimgi Oʻrta Osiyo tarixi", "Qadimgi Kesh — Shahrisabz tarixidan lavhalar" (monografiya), "Oʻrta Osiyo arxeologiyasi", Shahrisabz. Ming yilliklar merosi" (yubiley albomi) kabi ilmiy va ilmiy ommabop asarlarda oʻz aksini topdi.