Qargʻakoʻz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qargʻakoʻz — loladoshlar (piyozgullilar) oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Yevrosiyoda 7 turi tarqalgan. Eng koʻp tarqalgan turi o d diy Q.ning barglari tuxumsimon yoki nashtarsimon, poyada doira boʻlib joylashgan. Gullari bitta, sargʻishyashil, kosacha barglari 3—10 ta, mevasi rezavor, koʻp urugʻli, qora. Oʻrmonlarda butalar orasida, zax joylarda oʻsadi. Zaharli.