Qapchigʻay ustaxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qapchigʻay ustaxonasi — paleolit davriga oid (chaqmoqtoshga ishlov beruvchi) ustaxona. Fargʻonadan 40 km jan.da Oloy tizmasining shim. qiyaligidagi Dangarak dara soyida joylashgan. 1956 yilda ochilgan. 1958— 59 yillarda Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya intining A.P. Okladnikov rahbarligidagi otryadi tekshirgan. Qapchigʻay ustaxonasi dan tosh qurollar, nukleuslar topilgan. Qurollar baland togʻ choʻqqisi qatlamlaridagi yuqori sifatli har xil chaqmoqtoshlardan yasalgan. Qurollar yasash va toshga ishlov berish uchun chaqmoqtoshning yirik siniqlaridan choʻkich sifatida foydalanilgan.