Qanotoyoqli mollyuskalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qanotoyoqli mollyuskalar — orqajabrali mollyuskalar turkumi nomi. Suv havzalarida keng tarqalgan. Oyogʻi qisqarib ketgan; faqat uning ikki yonidagi parapodiylari qonotga oʻxshash kengaytan boʻlib, suzish vazifasini bajaradi (nomi shundan). Chigʻanogʻi spiral shaklda yoki ikki tomonlama simmetriyali, baʼzilarida yoʻq. Tanasi xira yoki yorqin tusda. Germafrodit (qarang Germafroditizm). 100 ga yaqin turi bor. Keng tarqalgan, ayniqsa, tropik dengizlarda koʻp uchraydi. Ayrim turlari tuxumlarini maxsus tuxum xaltasida olib yuradi; tuxumlari faqat urgʻochisi halok boʻlgach, suvga chiqadi. Baʼzi turlarida tuxumlar suvda qalqib turadigan shilimshiq kapsula ichida boʻladi. Plankton lichinka hosil qilib koʻpayadi. Suv qaʼrida yashaydi, plankton bilan oziqlanadi. Sutka davomida vertikal migratsiya qiladi. Ayrim koʻp uchraydigan turlari ovlanadigan baliqlar va moʻylovli kitlar uchun oziq boʻladi.