Qanotlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qanotlilar — hasharotlar kenja sinfi (boshqa sistemaga koʻra guruhi). Voyaga yetgan davrida qanotlarining boʻlishi bilan birlamchi qanotsiz hasharotlardan farq qiladi. Ayrim turlarining qanotlari ikkilamchi tarzda yoʻqolib ketgan (ikki qanotlilar). Voyaga yetgan davrida tullamaydi (kunliklar bundan mustasno). Qanotlarining holatiga binoan qadimiy qanotlilar (ninachilar, kunliklar) va yangi qanotlilar (toʻgʻri qanotlilar, beshiktervatarlar, yarim qattiqqanotlilar, tengqanotlilar, tangachaqanotlilar, qattiqqanotlilar, pardaqanotlilar, toʻrqanotlilar va’ b.)ga boʻlinadi. 30 ga yaqin turkumi bor. Ayniqsa, nam tropik oʻrmonlarda keng tarqalgan (yana qarang Hasharopgar).