Qanot (aviatsiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qanot (aviatsiyada) — uchish apparati (samolyot, planyor, qanotli raketa va boshqalar)ning havo yordamida koʻtarish kuchi hosil qiladigan qismi. Uch proyeksiyasi boʻyicha: plan boʻyicha (toʻgʻri toʻrtburchak, uchburchak, trapetsiyasimon va boshqalar), yon tomonidan (qavariqbotiq, qoʻsh qavariqnosimmetrik, qoʻsh qavariqsimmetrik, 8simon, linzasimon, romb shaklli, ponasimon va boshqalar) va oldindan (V, \U, Msimon, qayrilma uchli, egri chiziqli va boshqalar) koʻrinishi boʻyicha farqlanadi. Q. "oʻzining" vazifasidan tashqari qoʻshimcha vazifalarni ham bajaradi. Mas, samolyot Q.i ichiga yonilgʻi baki, shassi gʻildiraklari, qoʻzgʻaluvchan aerodinamik sirtlarni ochibyopish simlari, salonni isitish va sovitish tizimlari, baʼzan esa dvigatellar va qurolyarogʻlar joylashtiriladi. Uchish apparatining parvozi va qoʻnishi paytida Q. istalgan yoʻnalishdagi havo va inersiya kuchlarini qabul qiladigan ichi boʻsh balka sifatida ishlaydi.

Tovushdan sekin uchadigan apparatlarning Q.i dyuralyuminiy, mustahkam poʻlat, magnit va berilliyli qotishmalar, armaturalangan plastik materiallar va boshqalardan, yengil samolyotlar va planyorlarning Q.i, asosan, yogʻoch, fanera va mato (polotno) dan yasaladi. Tovushdan tez uchadigan samolyotlar va kosmik apparatlarning Q.i vanadiy, tantal, volfram qotishmalari va boshqalar qiyin eriydigan issiqbardosh materiallardan tayyorlanadi.