Qanjir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qanjir — qoʻngʻirlar turkumiga mansub qush. Osiyo va Yevropaning oʻrta va jan. oʻlkalarida, Afrika, Avstraliya va uning atroflaridagi orollarda tarqalgan. Oʻzbekistonda Q. daryo, koʻl va boshqalar suv havzalarida yashaydi. Suvoʻtlardan suvda qalqib turuvchi uya yasaydi. 4—5 ta tuxum qoʻyadi. Turli xil suv hayvonlari bilan oziqlanadi.