Qanbarali Qosimbek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qanbarali Qosimbek - Boburning ulug‘ begi Qosimbek Qavchinning o‘g‘li. Yoshligidan Boburga xizmat qilgan va ko‘plab janglarda ishtirok etgan. Bobur 1502-yil dushmanlar ta’qibidan qochib, yonida atigi sakkiz kishi bilan qolganda, Qanbarali ham u bilan birga bo‘lgan. 1506- yil Qanbarali Mirzoxon isyonini bostirishda ishtirok etgan va jasorat ko‘rsatgan. Qandahorga qilingan yurishda jangda yarador bo‘lgan. 1514-yil Boburning ukasi Nosir Mirzo vafot etgandan so‘ng, Boburga qarshi ko‘tarilgan isyonni bostirishda qatnashgan. Keyinchalik ham Boburga sadoqat bilan xizmat qilib, nufuzli beklar qatorida turgan. [1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. SHARQ. -T.;2014