Qamashi suv ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qamashi suv ombori — Qashqadaryo viloyatida barpo etilgan gidrotexnika inshooti. 1957-yilda Qamashi shahridan 4 km uzoqlikdagi Shoʻrchasoy tabiiy botiqligini tuproq toʻgʻon bilan toʻsib hosil qilingan. Toʻgʻonning dastlabki balandligi 10 m, ustki qismining uz. 900 m, ombor atrofida koʻtarilgan marzalar bilan birgalikda 1500 m, hajmi 11 mln. m3. 1962-yilda toʻgʻon rekonstruksiya qilinib, 3 m ga koʻtarildi va umumiy hajmi 17,3 mln. m3ga va foydali hajmi 16 mln. m3ga yetkazildi. Maksimal chuq. 12,0 m, oʻrtacha chuq. 6,0 m, suv sathining yuzasi 1,5 km2.

Suv ombori Yakkabogʻ daryosidan suv oluvchi Qorabogʻ kanali va suv sarfi 4 m3/sek. boʻlgan 6 km uzunlikdagi suv keltirish kanali orqlli aprel—iyulda toʻldiriladi. Omborning suv chiqargichidan suv sarfi 4 m3/sek. boʻlgan 2,9 km uzunlikdagi kanal suv oladi. Suv ombori Qamashi tumanida 5 ming ga ekinzorni sugʻorish imkonini beradi.