Qamariddin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qamariddin (14-asr) -Moʻgʻuliston xoni (1365 — taxminan 1390 yilboshi). Dugʻlat qabilasidan. Moʻgʻuliston davlati asoschilaridan amir Poʻlodchining ukasi. Ilyosxojani oʻddirib taxtni egallab olgan. Tugʻluq Temur avlodlarini qatl ettirgan. Amir Temur davlati hududiga doimiy xavf tugʻdirib turgani tufayli Sohibqiron unga qarshi 1370-71, 1375, 1376, 1377, 1383, 1389 yillarda Moʻgʻulistonga qoʻshin tortgan va har gal raqibini tormor qilgan. 1375 yildagi yurishda Q.ning qizini oʻz nikohiga olgan. 1390 yil Sohibqiron Q.ni butunlay tormor keltirish uchun Moʻgʻulistonga yurish qilgan, Q Irtish daryosi tomon chekingan. Amir Temur qoʻshini Irtishga yetib kelganda Q. shimolga qochgan. Muhammad Haydarniit "Tarixi Rashidiy" asarida keltirilgan moʻgʻul rivoyatiga koʻra, Q. umrining oxirida istisqo kasali bilan ogʻrib shim. dagi oʻrmonlarda bedarak ketgan.