Qalqovuch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qalqovuch (texnikada) — suyuqlikka (mas, suvga) botirilgan holatda koʻtarilish kuchi va suzuvchanlik xossasiga ega boʻlgan (suyuqlik sirtiga qalqib chiqadigan — nomi shundan) qurilma. Koʻtarmatayanch (gidrosamolyotlar, qalqma koʻpriklar, tashlama toʻrlar, qarmoqlarning qalqma poʻkaklari); gidrometrik (oqim tezligini yoki toʻlqinlar sathini oʻlchash uchun moʻljallangan; mas, mareograflar) hamda suyuqlik yoʻlini ochish va berkitish uchun moʻljallangan (karbyuratorning Q.li kamerasi, vodoprovod tarmogʻi hamda sanitariya texnikasidagi Q.moslamalar) turlarga boʻlinadi. Q.lar, asosan, yengil materiallar (yogʻoch, plastmassa, rezina va boshqalar)dan tayyorlanadi. Q. harbiy ishda, mashinasozlikda, uyroʻzgʻorda, meteorologiya va boshqalar sohalarda keng ishlatiladi.