Qalqonlilar
Qalqonlilar — chala tishlilar oilasi. Uzunligi 12 sm dan 100 sm gacha, dumi 2,5 sm dan 50 sm gacha, vazni 0,3 kg dan 55 kg gacha. Tanasining orqa qismi suyak qalqon, uning sirti muguzdan iborat qalqon bilan qoplangan. Oldingi oyoq panjalarida 4 ta, orqa oyoq panjalarida 5 ta oʻtkir tirnoqli barmoqlari bor. Tishlari bir xilda tuzilgan, 28 tadan 100 tagacha; ularning soni hatto bir turning turli individlarida bir xilda boʻlmaydi. 9 URUQQa mansub 20—25 turi mavjud. AQShning Janubidan Chili va Argentinagacha boʻlgan hududlarda tarqalgan. Asosan, yalangliklarda yashaydi. Xavf tugʻilganida ayrim Q. tanasi oʻralib, sharga oʻxshash boʻlib qoladi. Mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. 2 tadan 12 tagacha bola tugʻadi. Goʻshti va qalqoni uchun ovlanadi; lab. obʼyekti sifatida foydalaniladi. Koʻpchilik turlarining soni kamayib ketgan. Bir necha turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |