Qalay oksidlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qalay oksidlari — Qalay monooksid, 5pO — qora kristallar; zichligi 6,446 g/sm*, tetragonal panjarali. 90 GPa bosim ostida rombsimon modifikatsiyaga oʻtadi. Amfoter, asosli xossalari kuchliroq. Kislotalarda erib 8p2’ tuzlarini hosil qiladi; kislotali eritmalarda — qaytaruvchi, 8p4+gacha, 400° dan yuqori trada 8gYu2gacha oksidlanadi; kislorodsiz muhitda 180° dan yuqori trada 8p02va 8p ga aylanadi. 8p02, 5p(ON2) qalay oksalat va boshqalar 5p2+tuzlarini vakuumda, azot va boshqalar inert gazlar atmosferasida parchalash, shuningdek, 5p ni oksidlash yoʻli bilan olinadi. 8p2+tuzlarini olishda, katalizator sifatida, shisha sanoatida qora pigment tayyorlashda, metallurgiyada qaytaruvchi oʻrnida ishlatiladi.

Qalay dioksid, ZpO, — tetragonal panjarali rangsiz kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 1630°, zichligi 7,01 g/sm3. Suvda erimaydi; kislotalar, tuzlar, ishqorlarning suvdagi eritmalari taʼsiriga chidamli. Tabiatda 5p02— kassiterit minerali (qalaytosh). Keramika sanoatida shaffof, elektr oʻtkazuvchi va issiq qaytaruvchi material, shisha, issiqbardosh emallar va sirlar ishlab chiqarishda oq pigment, gidroliz va oʻrin almashinish reaksiyalarida katalizator sifatida ishlatiladi.