Kontent qismiga oʻtish

Qalandariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qalandariy — Shashmaqomda Dugoh maqomining Moʻgʻulcha shoʻʼbasi shoxobchalaridan; Moʻgʻulchai Dugoh Talqinchasining maʼlum varianti, chapandoz doira usulida ijro etiladi. Uning tarkibida daromad, miyonxat, Muxayyari Chorgoh namudi va tushirim qismlari mavjud. Ufar doira usulidagi qisqa varianti Fargʻona vodiysida xotin-qizlar tomonidan sevib kuylanadi. Q.ning turli variantlari bor: "Q1", "Q.2" va boshqalar Ularning kuy-ohanglaridan bastakor va kompozitorlar ijodida keng foydalanilgan. Muqimiyning "Soyayi", Koriyning "Ajab bir nozanin" soʻzlari bilan boshlanadigan gʻazallari Q. yoʻllarida aytiladi. T.Jalilov "Tohir va Zuhra" musiqali drama va operasida Q chapandozidan ariya sifatida foydalangan. Yu.Rajabiy "Q1" avjiga Zebo pari avjini kiritib, ashula mazmunini yanada teranlashishiga erishgan. Q. yoʻllari cholgʻu kuylar sifatida ham mashhur.