Qahva marosimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eritreyalik ayol jebenedan qahva quymoqda

Qahva marosimi — bu arab mamlakatlarida, eng avvalo, qahva vatani — Efiopiya va Eritreyada keng tarqalgan marosimga aylangan qahva tayyorlash va ichish jarayoni.

Qahva tayyorlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qahva marosimining birinchi bosqichi mangalda issiq koʻmirlar ustida qahva donalarining qovurilishidan boshlanadi. Keyin qahva yogʻoch xovoncha ichida maydalanadi. Maydalangan qahva odatda keramikadan tayyorlangan va tor boʻyinli (jebene) boʻlgan maxsus qozonda qaynatiladi. Ichimlik qaynab chiqqandan keyin, boshqa idishga quyiladi, sovutiladi va keyin yana qaynatiladi. Ichimlikni quyish uchun ot sochi yoki boshqa materiallardan tayyorlangan filtr ishlatiladi.

Tortilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tayyorgarlikdan soʻng, uy egasi marosim ishtirokchilariga har bir qadah toʻla boʻlguncha qozonni stakan ustida egiltirib aralashtirgan holda qahva quyadi. Shu holatda, qahvaning bir qismi toʻkiladi, bu ham marosimning zaruriy qismidir. Bundan tashqari, yana bitta qoʻshimcha stakanga ham quyiladi. Marosim davomida xushboʻy mum yoki mirra kabi turli xil anʼanaviy tutatqilardan foydalanish mumkin.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]