Qahhor baxshi (baxshi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qahhor baxshi (taxallusi; asl nomi Abduqahhor Qodir oʻgʻli Rahimov) (1958.2.11, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Chalka qishlogʻi) — baxshi. Qrdir baxshining oʻgʻli. Qarshi davlat ped. institutining oʻzbek filol. fakultetini tugatgan (1983). 1978-yildan Bobur nomidagi 1oʻrta maktabda oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi. Qahhor baxshi (baxshi) dostonchilikning butun sirasrorini Qodir baxshidan oʻrgangan. Otasidan 6 yoshidan doʻmbira chertishni oʻrgangan. 18 yoshida mustaqil dostonchi boʻlib yetishgan. Repertuarida "Alpomish" "Kuntugʻmish", "Yodgor", "Yusuf va Zulayho", "Rustamxon", "Boloyim", "Oysuluv", "Balogardon", "Ollanazar", "Olchinbek", "Murodxon", "Sohibqiron", "Malika ayyor", "Nurali va semurgʻ", "Chambil qamali", "Kelinoy", "Yozi bilan Zebo" kabi 30 dan ortiq doston hamda 100 ga yaqin termalar mavjud.

Qahhor baxshi (baxshi) respublika baxshishoirlari bellashuvida 1 (1987) va 2 (1989) oʻrinni egallagan.