Qadoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qadoq — odam terisidagi koʻp ishqalanadigan va qisiladigan sohaning qalinlashuvi, koʻproq qoʻl va oyoqda boʻladi. Oyoqsagi Q., asosan, tor poyabzal kiyganda yoki teri chaqalanganda paydo boʻladi. Koʻpincha jimjiloq va 4barmoqda uchraydi. Q. har xil kattaliqda, sargʻish boʻlib, ushlaganda qattiq unnaydi, bosganda bezillab ogʻriydi. Q. tagi ildiz hosil qilib, teri osti qavatlariga yaxshi oʻrnashib oladi, usti yorilib, mikroblar oʻtishi natijasida saramas, flegmona va boshqalar yalligʻlanishlar yuzaga kelishi mumkin. Q vujudga kelganda darhol unga sabab boʻlgan omillarni yoʻqotish, zarur boʻlsa, koʻchirib tashlash lozim (buni maxsus kosmetikapedikyur xonalarida amalga oshirish mumkin). Qadoqlashgan terini yumshatish maqsadida har kuni kechqurun issiq suvga sovun yoki soda qoʻshib oyoqqa vanna qilish kerak. Bu usulni bir necha bor takrorlab, keyin Q.ni koʻchirib tashlasa boʻladi. Qadoqlashgan joy katta boʻlsa, vrachga murojaat etish kerak. Q.ning oldini olish uchun oyoqqa mos poyabzal kiyish, jismoniy ish qilganda maxsus qoʻlqoplardan foydalanish, qoʻl va oyoq terisini toʻgʻri parvarish qilish lozim.