Puxtalik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Puxtalik, ishonchlilik — buyumning belgilangan xizmat muddati davomida ish qobiliyati (ish koʻrsatkichlari)ni muayyan chegarada saklagan holda oʻz funksiyasini bajarish xossasi. Buyum sifatini belgilovchi koʻp xususiyatlar koʻrsatkichi vaqt oʻtishi bilan oʻzgara bo-radi. P. buyumning vazifasiga va ishlash sharoitiga qarab, buzilmaslik, mustahkamlik va chidamlilik xossalarini oʻz ichiga oluvchi umumiy xususiyatdir. P. buyumdan oʻz oʻrnida, kerak vaqtda va samarali foydalanishning texnik imkoniyatlarini taʼminlaydi. P. darajasi tayyorgarlik koeffitsiyenta, texnik foydalanish koeffitsiyenta, buzilmasdan ishlash ehtimolligi va boshqa koʻrsatkichlar bilan belgilanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil