Pussen Nikola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

PUSSEN (Poussin) Nikola (1594, iyun, Normandiya — 1665.19.11, Rim) — fransuz rassomi, 17-asr sanʼati klassitsizmining eng yirik namoyandasi. Qad. Dunyo sanʼati, shuningdek, Rafael, Titsian, manyerizm rassomlari, bolonya maktabi ustalari asarlarini oʻrgangan, perspektiva, shuningdek, anatomiya va matematika bilan shugʻullangan. 1612-yilda Parijga koʻchib oʻtgan, keyinroq 1624—40 va 1642-yildan Rimda ishlagan. P. tarixiy, mifologiya, madaniy va adabiy mavzularga bagʻishlangan asarlarida inson goʻzalligi, aqli va olijanobligini tarannum etdi: "Rinaldo va Armida" (1625—27), "Xochdan olish" (taxminan 1630), "Flora saltanati" (taxminan 1631—32), "Arkadlik choʻponlar" (taxminan 1650) va boshqa 40-yillar oxiridan tabiatni tasvirlashga eʼti-borni kuchaytirdi, manzara janrida ajoyib asarlar yaratdi ("Yil fasllari", 1660—64 va boshqalar), "Avtoportret" (1650)da inson shaʼni, vazminligi, mehnatiga ishonch mahorat bilan tasvirlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil