Pushti kishmish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pushti kishmish, Qizil kishmish, Pushti Yerevani, Vardagubi kishmish, Karshir kishmishi — oʻrtapishar xoʻraki uzum navi. Gʻarbiy Osiyoda yaratilgan. Oʻzbekistonga Armanistondan keltirilgan. Sharkay ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha kattalikda yoki yirik, yumaloq, 3—5 boʻlmali, och yashil tusda, silliq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, vazni 230—250 g , ayrimlari 1,0—1,5 kgkeladi, bandi qattiq, shakli silindrsimon (boʻyi 25, eni 15 sm), oʻrtachazich. Gʻujumi mayda (13x8 mm), yumaloq-oval, rangi pushti, baʼzan, toʻla pishganda qizil. Etdor, sershira, poʻsti yupqa. Tarkibida 24—27% qand, 5,2—6,4 g/l k-ta bor. Faol haro-rat yigʻindisi 3300° da 135—140 kunda pishadi. Hosildorligi 100—150 s/ga. Novdasi yaxshi yetiladi. Oidiumdan kam zararlanadi, sovuqqa chidami past. Asosan, yangiligida yeyiladi va mayiz qili-nadi. 1959 yildan Oʻzbekistonning barcha viloyatlari uchun r-nlashtirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil