Pushta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pushta — ikki egat (joʻyak), ariq orasida ekinlarning bargnovdalari oʻsishi, palak otishi uchun boʻsh qoldiriladigan marzasimon joy, tuproqning qiyalab tekislangan sathi. Qishloq xoʻjaligi ekinlari ekishda P. marzaolgich yoki tirkama kultivatorlarda, kichik maydonlarda ketmon bilan olinadi. Ekin turi va qator oralari kengligiga koʻra, P. turli balandlikda (10 dan 40 sm gacha) va kenglikda (gʻoʻzada 60—90 sm, pomidorda 140—210 sm, qovun, qovoq kabi poliz ekinlarida 2–4 m gacha) boʻlishi mumkin. Dalaning P.li sathida tuproq harorati 1,0—3,0° yuqoriroq boʻladi, bu esa ekilgan urugʻlarning barvaqt va tekis undirib olishga yordam beradi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil