Kontent qismiga oʻtish

Pushkin haykali, Kremenchugda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aleksandr Sergeevich Pushkin haykali —Kremenchugdagi Pushkin bulvarida joylashgan yodgorlik (Poltava viloyati, Ukraina). Bu shahar ahamiyatiga ega boʻlgan monumental sanʼat yodgorligi.

Aleksandr Sergeevich Pushkin bulvari shoir tavalludining 100-yilligi sharafiga, 1899-yilda oʻz nomini oldi. Bulvardagi yodgorlik 1985-yil 28-dekabrda ochilgan[1]. Shoirning marmar byusti muallifi abxaziyalik, Xarkov davlat dizayn va sanʼat akademiyasining bitiruvchisi, haykaltarosh Yastrebov Igor Pavlovich edi[2]. Arxitektor esa Rasstrygin L. E[1].

Shoirning oʻzi Kremenchugga ikki marta tashrif buyurdi: 1820-yil may oyida Yekaterinoslavga (hozirgi Dnepr) va 1824-yil avgustda janubiy surgundan Mixaylovskoyega yoʻlda. Shoir Tsarskoye Selo litseyidagi doʻsti Anton Antonovich Delvigning ota-onasining uyida qoldi. Delvig oʻqishni tugatgandan soʻng, yozni oʻtkazish uchun Kremenchugda qoldi va xatlarda Pushkinni oʻz uyiga taklif qildi[3].

Yodgorlik, oq marmardan qilingan. Shoirning byusti baland poydevorga oʻrnatilgan. Yodgorlikning, umumiy balandligi — 6,3 metrni tashkil qiladi. Poydevorga rus tilida shoir nomi yozilgan.

  1. 1,0 1,1 „ФЭБ: Гдалин и др. Памятники А. С. Пушкину: Материалы к аннотированному каталогу. — 1993 (текст)“. feb-web.ru. 2012-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-may.
  2. „Ястребов Игорь Павлович“. kharkov.vbelous.net. 2016-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-may.
  3. „Город Кременчуг“. gorod-kremenchug.pl.ua. 2017-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-may.