Purizm (oqim)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Purizm — 1910-yillar oxiri — 20 yil larda fransuz rangtasvirida yuzaga kelgan oqim. Asoschilari A. Ozanfan va meʼmor Sh.E. Jannere (Le Korbyuzye). P. namoyandalari kubizmniig bezak tamoyillari hamda 1920-yillardagi avangard tarafdorlarining naturani buzib tasvirlashlariga qarshi chiqib, natura shakllarining qatʼiy va oʻziga xos tomonlarini hamda buyumlarning or-tiqcha unsurlardan xoli, toza boʻlgan tiniq holatini koʻrsatishga harakat qildilar. P. vakillari asarlarining harakterli tomoni buyumlarni yassi holda, ularning tashqi chegaralarini toza va tiniq egiluvchan chiziqlarda tasvirlashda koʻrinadi.

Oʻzbekiston tasviriy sanʼatida P. belgilari ayrim rassomlarning asarlarida koʻzga tashlanadi (mas, Us t a Moʻminnint "Choyxonachi" asaridagi samovar, qumgʻon va boshqa tasviri, 1928).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil