Puni urushlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Puni urushlari - Oʻrta dengizga hukmronlik qilish uchun Rim va Karfagen oʻrtasidagi urushlar: 1 — Puni urushi (miloddan avvalgi 264—241), 2si (miloddan avvalgi 218—201), 3si (miloddan avvalgi 149—146). Eng yirik janglar: Mila yaqinida (260) va Egat o.larida (241) rimliklar dengiz jangida zafar qozonganlar; Tra-zimen koʻli sohilida (217) va Kanna (216)da karfagenliklar Gannibal boshchiligida gʻalaba qilganlar; Metavr (207), Zam jangida (202) — rimliklar Ssipion Katta rahbarligida gʻala-ba qozonganlar; 149—146 yillarda rimliklar Karfagen shahrini qamal qilib, uni zabt etganlar. Puni urushlari Rimning gʻala-basi bilan tugagan; Karfagen hududining bir qismi Rimning Afrika provin-siyasiga aylantirilgan, bir qismi esa Numidiyaga berilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil