Pulyeze pitsasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pulyeze pitsasi (italyancha: Pizza pugliese) — pomidor, piyoz va motsarella[1] bilan tayyorlanadigan italyan pitsasi. Italyanchada Puliya (Puglia) deb ataladigan Apuliya mintaqasi nomi bilan atalgan. Uni bareze pitsasi bilan adashtirib yubormaslik kerak, mahalliy bareze pitsasisini tayyorlashda xamir odatda Neapolitan pitsasidan koʻra yupqaroq va qarsildoqroq boʻladi. Pulyeze pitsasi tarkibida goʻsht boʻlmaganligi va faqat pishloq solinganligi sababli, u vegetarianlar orasida mashhur[2].

Achchiq qalampir va margarita

Variantlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xilma-xil pishloqlar va boshqa ingredientlar qoʻshiladigan pulyeze turlari mavjud. Baʼzi turlarida ingredientlar sifatida oregano, zaytun va kavardan foydalanish mumkin, baʼzilari esa pitsa sousini ishlatmasliklari, motsarellaning yarmini esa toʻgʻralgan yoki qirgʻichdan chiqarilgan provolone[3] pishlogʻi bilan almashtirishlari mumkin. Shuningdek, pekorino[4] pishlogʻi ishlatiladigan retseptlar ham mavjud.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The World of Wine and Food: A Guide to Varieties, Tastes, History, and Pairings. Don Philpott. Rowman & Littlefield, 2016. — 484 p. — P.379.  — ISBN 1442268042, 9781442268043
  2. Wonders of Physics, The (4th Edition). Andrey Varlamov, Lev G Aslamazov. World Scientific, 2018. – 396 p. – P.158 Архивная копия от 17 января 2021 на Wayback Machine ISBN 9813273186, 9789813273184
  3. La Tavola Italiana. Akadine Press, 2000 — 256 bet. ISBN 1888173394. 
  4. Jacobson, Max. „Half-Moon Designs, Pizzas That Shine: Mezzaluna“. Los Angeles Times (23-avgust 1990-yil). 2014-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-sentabr 2014-yil.