Puli oshiqon
| Puli oshiqon | |
|---|---|
|
| |
| Material | pishgan gʻisht |
| Xarita | |
| Puli oshiqon koʻprigi. 1887-yil. | |
| Puli oshiqon koʻprigi. 1930–1950-yillar. | |
| Puli oshiqon koʻprigi. 2018-yil. | |
| Puli oshiqon koʻprigi (old planda). Qoʻshmadrasa va Somoniylar madaniyat va istirohat bogʻining asosiy kirish darvozasi. 2018-yil. | |
Puli oshiqon (shuningdek Puli oshuqon — „Oshiqlar koʻprigi“) — Buxoro shahri hududidan oqib oʻtuvchi qadimiy Shohrud kanali ustida qurilgan eski koʻprik. Somoniylar madaniyat va istirohat bogʻining asosiy kirish darvozasi oldida joylashgan[1].
Koʻprikning qurilgan davri nomaʼlum. Baʼzi bir buxoroliklar uning qurilishini Xoja Ahror (1404–1490) bilan bogʻlashgan. Shunga koʻra koʻprik XV asrda qurilgan deb taxmin qilinadi. Koʻp asrlik meʼmoriy inshoot bizgacha yetib kelgan[1]. Lekin, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilmagan[2].
Naql qilinishicha, koʻprikning ustun bilan boʻlingan qismlaridan birida bir avliyoning qabri boʻlgan. Bu naqlga ishonuvchilar oʻtmishda shu joyda sham (nuqcha) yoqishgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Мост Пули ошукон“ (ruscha). rusrav.uz (2018-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 12-may.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори, 04.10.2019 йилдаги 846-сон“. lex.uz (2019-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 12-may.