Pula (Xorvatiya)
Jump to navigation
Jump to search
Pula — Xorvatiyadagi shahar, Istriya ya.o.da. Aholisi 62,3 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Adriatika dengizi sohilidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kemasozlik, kimyo, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Arxeologiya muzeyi tashkil etilgan. Miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 2-asrlarda qurilgan meʼmoriy obidalar (zafar arki, Avgust ibodatxonasi va boshqalar), shuningdek, 6—17-asr larga oid binolar sakdangan. Turizm markazlaridan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |