Puflama sozlar orkestri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Puflama sozlar orkestri – puflama (yogʻoch, mis yoki faqat mis — banda) va urma cholgʻulardan iborat orkestr. Yevropada 17-asrda shakl topgan. Turli (jumladan, ochiq havo, yurish) sharoitlarga moslanganligi tufayli koʻpgina mamlakatlar armiyalari tarkibiga kirgan. Ijrochilar soniga qarab kichik (20), oʻrta (30) va katta (40—55, baʼzan 80—100 sozandadan iborat) Puflama sozlar orkestrio.lari ajratiladi. Katta Puflama sozlar orkestrio. fleyta, goboy, klarnet, saksofon va fagot turlari, shuningdek, valtorna, truba, kornet, trombon, alt, tenor, bariton, baslar va turli urma cholgʻulardan tashkil topgan.

Oʻzbekistonda dastlab rus chor qoʻshinlari tarkibida, keyinchalik (1910-yillarda) Margʻilon, Andijon, Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlarda havaskor (jumladan, milliy) sozan-dalardan iborat Puflama sozlar orkestrio. paydo boʻlgan. 1920 yillardan Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari, shuningdek, madaniyat saroylari, oʻquv muassasalari tarkibida keng rivoj topgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil