Pueblo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pueblo — indeys xalklari guruhi (xopi, zuni, keres, tano). AQShning jan.-gʻarbida (Nyu-Meksiko va Arizona shtatlari) yashaydi. 32 ming kishi (1987). Yuta-atstek til oilasiga mansub tillarda soʻzlashadi, kereslarniki xokaltek tillariga yaqin. P. nomi (ispancha — "qishloq") oʻziga xos qishloklar — xom gʻishtdan yoki kumlokdan ishlangan, ichki maydoni (sahni) va yalang devori boʻlgan koʻp xonalik uyqalʼalar (pueblo) nomidan olingan. Bunday uyning (1 —3 ming kishini sigʻ-dirgan) qavatlari (5—6 gacha) terrasalar bilan balandga boʻy choʻzgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil