Proyeksion apparat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Proyeksion apparat (proyektor) — turli yassi obʼyektlar (chizmalar, rasmlar, fotonusxalar va boshqalar) tasvirini yorugʻlik oqimi yordamida ek-randa hosil qiluvchi optik qurilma. Muqim (statsionar) va koʻchma turlarga bulinadi. Diaskopik, episkopik va epidiaskopik xillari bor. Diaskopik Proyeksion apparat (diaproyektorlar) shaffof tasvirlarni yoritish yoʻli bilan ekranga tushiradi; bunga kinoproyeksion apparat, proyeksiyey fonar, kattalashti-ruvchi apparat va boshqa kiradi. Diaskop di-aproyektordan farq qiladi: diaproyektor negativdagi tasvirni fotoqogʻozga oʻtkazishda, diapozitivlarni koʻrishda, mikrofilmlarni oʻqishda, aerofotosuratlarni ishlashda qoʻllaniladi, diaskop shaffof obʼyektdan oʻtuvchi yorugʻlik nurlari yordamida okulyar orkali shu obʼyektni koʻrishga imkon beradi. Episkopik Proyeksion apparat ekranda noshaffof obʼyektlarning tasvirini ulardan qaytgan va sochilgan nurlar bilan xreil kiladi; bunga episkop, proyektor va boshqa kiradi. Epidiaskopik Proyeksion apparat dias-kopik va episkopik Proyeksion apparatlarning qoʻshilgani boʻlib, shaffof va noshaffof obʼyektlar tasvirini ekranga tushiradi. Proyeksion apparat mexanik va optik qismlardan iborat. Mexanik qismi yordamida proyeksiyalanuvchi obʼyektlar va-ziyati oʻzgartirilib turiladi. Optik qismi yoritish manbai va linzalar toʻplamidan iborat. Proyeksion apparat oʻlchash texni-kasida, kinoteatrlar, laboratoriyalar va boshqa joylarda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil