Protsessing

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Protsessing — bu toʻlov operatsiyalarini amalga oshirishda foydalaniladigan maʼlumotlarni qayta ishlash faoliyati.  Bunday faoliyat protsessing markazlari (toʻlov xizmatlari provayderlari) tomonidan amalga oshiriladi[1]. Protsessing xizmatlari koʻproq quyidagi sohalarda qoʻllaniladi:

  • elektron toʻlovlarni qayta ishlash;
  • plastik kartalarni qayta ishlash.

Protsessingni xalqaro va mahalliy toʻlov tizimlarining kartalariga tegishli xizmat koʻrsatish operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan bank faoliyatiga va bankdan tashqari faoliyatga boʻlish kerak. Bank protsessing — bank kartalarining emissiyasi yoki ekvayringidan iborat.  Xorijiy banklarning mamlakatimizga kirib kelishi ham xalqaro bank kartochkalarining muomalaga chiqarilishi va protsessing xizmatlariga talabning oshishiga xizmat qilmoqda.

Muntazam toʻlovlarni qabul qilish (uyali aloqa, internet, raqamli texnologiyalar, kommunal xizmatlar va boshqalar), pul oʻtkazmalari, shuningdek, yangi yoʻnalish — nobank kartalari (ijtimoiy, transport, sovgʻa, benzin) kabi operatsiyalarga xizmat koʻrsatish  nobank protsessingga misol boʻladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Protsessing / O. N. Misko // Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya : [v 35 t.] / gl. red. Yu. S. Osipov. — M. : Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya, 2004—2017.