Prokofiy Japaridze haykali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Prokofiy Japaridze haykali (ozarbayjoncha: Prokofiy Caparidzenin heykəli) — 26 Boku komissarlaridan biri Prokofiy Japaridzening Bokudagi haykali. Yodgorlik Lenin prospekti (hozirgi Ozodlik) va Vogif chorrahasida joylashgan edi. Yodgorlikning haykaltaroshi Ozarbayjon xalq rassomi Omar Eldarov, meʼmori R. Aliyev[1].

Yodgorlik 1980-yilda qurilgan[1]. Ushbu yodgorlik uchun haykaltarosh Omar Eldarov 1982-yilda Ozarbayjon SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

2009-yil 27-apreldan 28-aprelga oʻtar kechasi yodgorlik demontaj qilindi. 2012-yilda bu maskanda xalq eposi qahramoni „Koʻroʻgʻli“[2] haykali oʻrnatildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Воронов Н. В.. Советская монументальная скульптура, 1960-1980. М.: Искусство, 1984 — 210 bet. 
  2. „В Баку установлен памятник Кероглу“. 2014-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-sentyabr.