Prokat ishlab chiqarish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Prokat ishlab chiqarish - poʻlat va boshqa metallardan prokatlash yoʻli bilan turli buyum va yarimfabrikatlar olish shuningdek, sifa-tini oshirish maqsadida ularga qoʻshimcha ishlov berish. Prokat ishlab chiqarish ch.ning asosiy mahsulotlariga yarim xom ashyo yoki zagotovka, list prokat, trubalar, mashina detallarining zago-tovkalari (gʻildiraklar, halqalar, oʻqlar, sharlar va boshqalar) kiradi. Prokatlash materialni prokat stani vallari orasidan oʻtkazishga asoslangan. Prokatlashning boʻylama, koʻndalang va koʻndalang-vintli usullari bor. Boʻylama usulda buyum qaramaqarshi yoʻnalishda aylanadigan vallar orasidan oʻtkazilib, plastik deformatsiyalanishi natijasida koʻndalang kesimi kichrayadi, uzunligi esa ortadi. Pro-katlanadigan buyumlarning 90 foizi shu usulda olinadi. Koʻndalang usul bilan koʻndalang kesimi uzunligi boʻyicha davriy oʻzgaradigan zagotovkalar, koʻndalang-vintli usul bilan trubalar prokatlanadi.

List metallar ikki bosqichda prokatlanadi. Birinchi boskichda slyab vallar orasidan birikki marta oʻtkazilib, 90° buriladi va koʻndalang yoʻnalishda prokatlanib, eni zarur oʻlchamga keltiriladi. Ikkinchi bosqichda zagotovka yana 90° burilib, boʻylamasiga prokatlanadi. Qalin va yupqa listlar toʻla mexaniza-siyalashtirilgan uzluksiz stanlarda prokatlanadi. Poʻlat listlar taxta va rulon tarzida ishlab chikariladi.

Payvand chokli va choksiztru bal ar ham prokatlash yoʻli bilan tayyorlanadi. Payvand chokli trubalarni prokatlab tayyorlashda pech payvand, elektr payvand va gaz payvanddan foydalaniladi. Choksiz trubalar quyma yoki dumaloq kesimli zagotov-kalardan prokatlanadi. Buning uchun avval koʻndalang-vintli prokat stanida qizdirilgan quyma yoki zagotovkada teshik ochiladi, natijada kalin devorli kalta gilza hosil boʻladi va undan truba prokatlanadi. Bunda vallarning aylanishi natijasida zagotovka aylanma-ilgarilama harakatlanadi, zagotovka yoʻliga diametri taxminan trubaning ichki diametriga moye keladigan opravka oʻrnatiladi. Truba kerakli kalinlikka yetkazilgach, kalibrlanadi va sovitilib, kerakli uzunlikda qirqiladi. Kesimi davriy oʻzgaradigan bu-yumlar ham prokatlash usulida ishlab chiqariladi.

Bungadavriy prokatlash deyiladi. Bundam prokatlashda zagotovka bir tomonga aylanuvchi ikki val orasidan oʻtadi. Rangli metallar — alyuminiy, mis, magniy, rux va ularning krtishmalarini prokatlab, har xil koʻndalang kesimli list, lenta, sim va zar qogʻozlar tayyorlanadi. Alyuminiy krtishmalaridan list prokatlash texnologik jarayoniga quyidagi asosiy operatsiyalar kiradi: uzluksiz quyib olingan quymani xomaki prokatlash, toʻgʻrilash, frezalash, quymaning ikkala tomoniga alyuminiy listlar qoplash, qizdirish, qizdirib prokatlash (4–12 mm kalinlikkacha), rulon qilib oʻrash va sovuqlayin prokatlash. Sovuqlayin prokatlangandan soʻng rulonlar yoyilib, listlarga kesiladi va termik ishlov beriladi. Uzluksiz quyib prokatlash usulida suyuq alyuminiy taqsimlagich novdan oʻtib, valiklar ora-sidagi boʻshliqqa tushadi, unda alyuminiy vallarga tegib kristallanadi va hosil boʻlgan polosa stan valiklari orasidan uzluksiz chiqadi. Prokat ishlab chiqarish ch. metallurgiya va mashinasozlik zavodlarida tashkil qilinadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]