Projektor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Projektor (lot. proectus — oldinga irgʻitilgan) — optik tizimlar yorda-mida lampaning yorugʻlik oqimini maʼlum fazoviy burchak ostida toʻplab yoʻnaltiruvchi yoritish asbobi. P.ning optik tizimi sifatida koʻzgu va linzalar, yorugʻlik manbai sifatida yoyli lampa va maxsus choʻgʻlanma lampalar ishlatiladi. Uzoqni va yaqinni yoritadigan, signal beradigan hamda yorugʻlikni yoyib sochadigan xillari bor. Uzoqni yoritadigan P.da para-bolik qaytargichdan, yaqinni yoritadigan P.da shisha yoki metall qaytargichlardan, signal P.da ham para-bolik kaytargichlardan foydalaniladi. P. harbiy ish va dengiz flotida, qurilishda, avtomobillar va lokomo-billarda, temir yoʻl styasi, aerodromlar, qurilish maydonlari, teatr sahnasi va boshqalarni yoritishda, signalizatsiya va boshqa mak,sadlarda ishlatiladi. Elektron texnika vositalari (mas, kineskop) da elektron P.dan foydalaniladi. Bular elektron nurlarni xreil qiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil