Profilaktoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Profilaktoriy — davolashpro-filaktika muassasasi. Aholini ishdan ajralmagan holda davolaydi, dam olish uchun sharoit yaratadi. Yirik ishlab chiqarish korxonalari qoshida kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan tashkil qilinadi. P.ga kunduzgi (kechasi ishlaydiganlar uchun), tungi (kunduzi ishlaydiganlar uchun) sanatoriylar, parhez oshxonalari va boshqa kiradi. P. ish qobiliyatini saqlashga, kasalliklar kamay-ishiga imkon beradi. Umumiy terapiya (ichki kasalliklarni davolaydigan) va, maxsus ixtisoslashtirilgan (asosan, maʼlum bir kasalliklar, mas, silni davolaydigan) P.lar bor. P.da davolanish uchun beriladigan yoʻllanma bepul yoki chegirilgan miqdorda boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil