Printer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Printerkompyuterda matn yoki grafik (rasm, sxema) tarzidagi maʼlumotlarni qogʻozga chiqarish (chop qilish) uchun moʻljallangan bosish qurilmasi. Maʼlumotlar qogʻozga (baʼzan, plyonkaga) oq-qora yoki rangli tarzda chop qilinishi mumkin. Shu jihatdan Printerlar bir-biridan farq qiladi. Ularning koʻp turlari mavjud, lekin matritsali, purkagichli va la-zerli turlari keng tarqalgan. Matritsali Printerlarda bosiladigan maʼlumotlar nuqtalar majmui (kombinatsiyasi)dan hosil boʻladi. Shu tufayli, ularning bosish sifati purkagichli va lazerli Printerlarnikiga nisbatan pastroq boʻladi. Purkagichli Printerlarda maʼlumotlar maxsus "siyoxdonlar" yordamida, yaʼni boʻyoq (siyoh) tomchilarini purkash yoʻli bilan qogʻozga bosiladi. Lazerli Printerlar maxsus lazerli qurilma yorda-mida oq-qora yoki rangli qilib bosish imkoniga ega. Bunday Printerda bosilayotgan nusxalar sifatli boʻlib chiqadi.[1][2][3][4] Different types of printers include 3D printers, inkjet printers, laser printers, and thermal printers.[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Printer - Definition of printer by Merriam-Webster“. merriam-webster.com. 18-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-avgust 2017-yil.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „Cho thuê máy in màu“. tienphatcopier.com. Qaraldi: 20-may 2023-yil.
  4. „0271-2834-MTDC; Assembling a Bar-Code Tracking System“. — „Printers designed to print bar-code labels ...“. 1-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-aprel 2019-yil.
  5. „What is a Printer?“. computerhope.com. 21-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-aprel 2020-yil.