Primula carniolica

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Primula carniolica
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Gulli oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Primula
Oila: Navro'zguldoshlar
Binar nomi
Primula carniolica

Primula carniolica(lot.)- navroʻzguldoshlar oilasiga mansub, koʻp yillik gullaydigan oʻsimlik turi, muzlik davrida paydo boʻlgan, sloveniyada endemik tur va eng mashhur mahalliy oʻsimliklardan biri hisoblanadi.

Bu oʻsimlik Idrijadagi Divye koʻli atrofida oʻsadi. Bu turni birinchi marta doktor Janeš Anton Skopoli topgan, ammo, yangi tur sifatida tan olmagan. Faqat Baltasar Xak uni qazib olib, Vena shahriga joʻnatgan, u yerda oʻsha paytdagi yetakchi botaniklardan biri Nikolaus Jozef fon Jakken uni yangi tur deb taʼriflagan. Turga oʻsha paytda Avstriya imperiyasiga tegishli boʻlgan Karniola hududi nomi berilgan.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Primula carniolica

Uzunligi 3-12 santimetr (1,2-4,7 dyuym), kengligi 1-4 santimetr (0,39-1,57 dyuym). Poyasi, asosi va barglari och yashil tusda, etli va tuksiz. Gullarining uzunligi 20-25 millimetr (0,79-0,98 dyuym), gultojibarglari yumshoq qizil, pushti yoki binafsha pushti tusda[1][2].

Oʻsimlik aprel va may oylarida gullaydi, qizil-binafsha gullari koʻp rangli toʻpgullarda rivojlanadi. Changdonlarida oq kukun koʻrinishidagi changlar rivojlanadi. Hasharotlar yordamida changlanadi.

Bu tur Sloveniyaning Yuqori, Quyi va Ichki Karniola[1] hududlarida, shuningdek , Sloveniya Litoralida[3], Trnov oʻrmoni va Iska daryosi darasida oʻsadi[1]. Oʻz diapazoni doirasida oʻsimlik 900-1000 metr (3000-3300 fut) balandlikdagi nam ohaktosh qoyalar, jarliklar va shimolga qaragan oʻtloqlarda uchraydi[2].

Bu tur 1922-yildan beri himoya ostiga olingan, shuning uchun oʻsish joylarga zarar yetkazish va gullarni yigʻish taqiqlanadi[1]. Primula carniolica madaniy oʻsimlik sifatida kamdan-kam ekiladi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „CARNIOLAN PRIMROSE (PRIMULA CARNIOLICA)“. Government of Slovenia. 2012-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Primula carniolica“. Alpine garden society plant encyclopedia. Qaraldi: 2016-yil 24-iyul.
  3. „Primula carniolica“. UNIVERSITY BOTANIC GARDENS LJUBLJANA (SLOVENIA), DEPARTMENT OF BIOLOGY BIOTECHNICAL FACULTY. 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyul.