Preriyalar
Preriyalar (frans. prairie, lot. pratum — oʻtloq) — Shimoliy Amerikada, asosan, boshoqdosh oʻsimliklardan iborat oʻtloqlar. Kanadaning janubidan Meksika togʻlarigacha tarqalgan. Oʻzlashtirilmasdan oldin Shimoliy Amerikada 1 mln. km² dan, Kanadada 2 mln. km² dan koʻproq maydonni egallagan. Oʻsimlik qoplamida Yevrosiyo choʻllaridagi singari, asosan, sovuqqa va qurgʻoqchillikka chidamli, chim hosil qiluvchi boshoqlilar dominantlik qiladi. P.ning asosiy qismi sharqda oʻzlashtirilib, makkajoʻxori va bugʻdoy ekiladi; gʻarbda yaylov sifatida foydalaniladi. P.ning tabiiy oʻsimliklari Kanadada saqlanib qolgan; odam tomonidan kam oʻzgartirilgan qolda AQSH dagi milliy bogʻlarda (Janubiy Dakota shtati) koʻrish mumkin. P. uchun xos hayvonlar (yaylov iti, krradum, butu, koyot, bizon) ham milliy bogʻlarda saqlanib qolgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |