Prelyudiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Prelyudiya, prelyud (lot. praeludo — oldindan ijro etib koʻraman) — cholgu pyesa. Dastlab musika asari ol-didan (lyutnya, klavesin yoki organda) ijro etiladigan badiha harakteridagi kichik muqaddima. 18-asrdan erkin shakldagi mustaqil pyesaga aylandi (mas, I.S.Baxning organ uchun P.lari), shuningdek, turkumli shakldagi baʼzi cholgʻu asarlar (syuita, P.-fuga) tarkibiga mukaddima pyesa sifatida kiritildi. 19-asrdan koʻpincha P. yoki P. va fuga turkumlariga (odatda, 24 tadan) birlashtiriladi (mas, F.Shopen, A. Skryabin, K. Debyussi, D. Shostakovich va boshqalar). Oʻzbekiston kompozitorlaridan G. Mushel, B. Giyenko va boshqa fortepiano uchun P.lar yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil