Praksitel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Praksitel (Praxiteles) (taxminan miloddan avvalgi 390—miloddan avvalgi 330) — yunon haykal-taroshi; soʻnggi klassika namoyandasi. Afinada ishlagan. P. asarlarini asosan marmardan ishlagan, antik nusxalardan va qad. mualliflarning yozmalaridan maʼlum. P. davrining badiiy talablariga javob beradigan yangi, oʻta nozik goʻzallik namunalarini yaratdi. Asarlari nisbatlar jihatidan kelishgan va uygʻun; marmarni mahorat bilan yoʻnib, tasvirni his qila olgan va uning mayin shakliga eri-shadi. P. shakllariga nafis holat va yengillik bera oladigan tashki tayanch nuqtalarini topa olgan: "Apollon Sa-urokton" (taxminan miloddan avvalgi 370, Vatikan muzeyida), "Afrodita" (taxminan miloddan avvalgi 360—350, Luvrda) va boshqa[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil