Praga torti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Praga" — shokoladli tort, Rossiyada SSSR davrlaridan beri mashhur.

Uchta biskvit va ikki qavat „Praga“ kremi qatlamidan iborat. Yuqori va yon tomonlari murabbo rfvf pomadka bilan qoplangan (yoki yon tomonlari krem va biskvit uvoqlari bilan bezatilgan[1]). Ustki qismiga qaymoqdan naqsh solingan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aytishlariga qaraganda, „Praga“ tortining asl retsepti Chexiya poytaxtida ishlab chiqilgan. Biroq, Chexiya oshxonasi retseptlarida bunday tortning oʻzi yoʻq. Darhaqiqat, SSSRda mashhurlikka erishgan „Praga“ torti retsepti Moskvadagi „Praga“ restoranining qandolatchilik sexi boshligʻi Vladimir Mixaylovich Guralnik tomonidan ixtiro qilingan, u 30 dan ortiq original tortlar va pishiriqlar, shu jumladan „Qush suti“ tortining ham muallifi hisoblanadi. Guralnik oʻzining oshpazlik faoliyati avvalida restoranda shogird boʻlib ishlagan, tajriba almashish uchun muntazam ravishda Moskvaga kelgan Chexoslovakiya qandolatchi oshpazlaridan ushbu sanʼat sirlarini oʻrgangan[3]. Aslida, „Praga“ mashhur „Zaher“ tortining bir varianti hisoblanadi, ammo, „Zaher“ retseptida krem mavjud emas[4]. Umuman olganda, tort konyak, Chartreuse va Benedictine likyorlaridan foydalangan holda tayyorlanadigan toʻrt hil qaymoqli kremni oʻz ichiga olgani, biskvitlarga rom singdirilgani tufayli ham[5] uni pishirish juda koʻp vaqt talab qiladi va tayyor tort qimmatga tushadi.

Sovet davrida pazandachilik retseptlari uchun patent berish amaliyoti yoʻqligi tufayli tort patentlanmay qolgan, ammo GOSTga muvofiq deb topilgan va shu tariqa istalgan qandolat fabrikasida tayyorlanishi mumkin boʻlgan[6].

Retsept[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Korjlar: un, sariyog ', shakar, tuxum, kakao kukuni.
  • Krem: quyultirilgan sut, issiq suv, tuxum sarigʻi, sariyog ', kakao, vanilin.
  • Pomadka: shakar, kakao, shinni, essensiya.
  • Meva hamda rezavorli murabbo.

Korjlar krem bilan ustma-ust taxlanadi va 8-10 soatga muzlatgichga qoʻyiladi. Yuqori va yon tomonlari murabbo hamda pomadka bilan qoplanadi. Ustki qismi kremli naqsh bilan bezatiladi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Рецептуры 1978.
  2. Павлов 1998.
  3. „И сотворил он «Птичье молоко»“. Социалистическая Россия (22 января 1997). 2012-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-avgust.
  4. „От Москвы до Бреста нет такого теста“ (ru) (deadlink). 2012-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-avgust. (Archive.is saytida 2012-09-05 sanasida arxivlangan)
  5. Наталия Павлова-Каткова. „Русский «Наполеон», или сладкий мир тортов“ (deadlink). Вкусная Жизнь. 2011-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-avgust.
  6. Юлия Зеленина. „Люди смотрят на меня, как на космонавта!“. Вечерняя Москва. 2012-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-avgust.
  7. Приготовление мучных кондитерских изделий 1965.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Buteykis N. G., Kengis R. P. Tort Prajskiy // Prigotovlenie muchnix konditerskix izdeliy. — M.: Ekonomika, 1965. — S. 134—135. — 252 s. — 45 000 ekz.
  • „Торт «Прага»“,Сборник рецептур мучных кондитерских и булочных изделий. СПб.: Гидрометеоиздат, 1998 — 85 bet. 
  • „Торт «Пражский»“,Рецептуры на торты, пирожные, кексы и рулеты. Часть I. Бисквитные торты. М.: Пищевая промышленность, 1978 — 98—100 bet.