Povidlo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Povidlo (polyakcha, povidla) — mevalar, rezavor va shakardan tayyorlanadigan shirinlik. Olma, nok, olxoʻri, oʻrik va boshqa mevalar yoki ularning aralashmasi pyuresi (boʻtqasi)ga shakar (odatda 1 dan 1,8 qismgacha pyurega 1 qism shakar) qoʻshib qaynatib tayyorlanadi. Tabiiy kislotasi past boʻlgan pyurega limon yoki b. oziq-ovqat kislotasi qoʻshiladi. Tayyorlangan mevalar ozgina suv solingan idishga solinib, qopqogʻi berk holda 10—20 min. qaynatiladi. Mevalar pishib yumshagach, shakar qoʻshiladi va ochiq idishda quyulgunga qadar (taxminan 1—1,5 soat) kavlab turib pishiriladi. Tayyor P. tarkibida 34% dan ortiq namlik, kamida 60% shakar; 100 g P.da 250—260 kkal boʻladi. Tayyor P. quruq shisha idishlarga solinib, usti temir qopqoq, sellofan yoki pergament qogʻoz bilan yopiladi. P.ni salkin va quruqjoyda 8—9 oy saqlash mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil