Pozitsiya (harbiy)
Pozitsiya (harbiyda) — harbiy qismlar egallagan yoki ularning joylashishi uchun tayyorlangan maxsus oʻrin. P. muhandislik jihatidan puxta ji-hozlanadi va eshelonlashtirilgan mudofaa doirasining asosiy qismi hisoblanadi. P.ning asosini mudofaadagi qism yoki boʻlinmalarning oʻzaro yagona oʻt ochish tizimi bilan birlashtirilgan tayanch nuqtalar (punktlar) tashkil etadi. Har bir P. okoplar, pana joylar, aloqa yoʻllarini tutashtiruvchi transheyalar bilan oʻraladi. Bunday mu-handislik jihoz shaxsiy tarkib, qurolyarogʻ, oʻqdorilarning yashirin joylashishiga imkon yaratadi va P.da harbiy kuchlarning manyovr qilishiga yaxshi koʻmak koʻrsatadi. Muayyan vari-antlarda mudofaa doirasi ichkarisida oraliq P. qurilishi ham ehtimoldan xoli emas. Dushmanni chalgʻitish maqsa-dida muxim yoʻnalishlarda mudofaa chi-zigʻidan ancha oldinda P. barpo etiladi. Bundan tashqari, mudofaa ichkarisida soxta P. qurilishi, boʻlinma va oʻt ochish vositalarining jang vaqtidagi hara-katlari uchun qoʻshimcha yoki muvaqqat P. ham tashkil etilishi mumkin. Yalpi hujumga oʻtish oddidan boshlangʻich yerlarda motorlashtirilgan piyoda boʻlinmalar va tanklar uchun kutish P.si, raketa qoʻshinlarining uchirish qurilmalari uchun start P.si, artilleriya, minomyot va hokazo oʻt sochish qurollari uchun oʻt ochish P.si barpo etiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |