Poynting Jon Genri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

POYNTING (Poynting) Jon Genri (1852.9.9, Monton, Lankashir — 1914.30.3, Birmingem, Uorikshir) — ingliz fizigi, London Qirollik ja-miyati aʼzosi (1888 yildan). London (1872) va Kembrij (1876) universitetini tugatgan. Birmingem universiteti prof. (1880 yildan). 1884 yilda elektromagnit energiyasi oqimi zichligining vektori iborasini fanga kiritdi. Bu 1874 yilda rus fizigi N.A.Umov tomonidan aytilgan alohida vektor kattalikdir (q. Umov — Poynting vektori). P. Yerning zichligiga (1891) va Yer gravitatsion doimiy-siga (1893) ovd aniqoʻlchashlar oʻtkazgan. Quyosh atrofida aylanayotgan osmon jis-mi orbitasining kichrayishi hodisasini kashf etgan (1903). Bu hodisaning relyativistik nazariyasini 1937 yil da ingliz fizigi G.Robertson (Poyntingrobertson hodisasi) ishlab chiqqan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil